ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Ingliz huquqi va O'zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzish asoslarining qiyosiy huquqiy tahlili (ISSN: 2202-0500)

Publisher4-course student ofTashkent State University of Law, International law faculty

ISSN-L2202-0500

ISSN2202-0500

IF(Impact Factor)2024 Evaluation Pending

Website

Description

INGLIZ HUQUQI VA O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGIDA SHARTNOMA TUZISH ASOSLARINING QIYOSIY HUQUQIY TAHLILI
Tsohkent davlat yuridik universiteti
Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti
4-bosqich talabasi Poyanov Davrbek
davrbekqodirov185-AT-gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada Ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzish asoslarining qiyosiy huquqiy tahlili o‘tkazilgan. Maqolada shartnomaviy munosabatlarning har ikkala huquq tizimidagi o‘ziga xos jihatlari, umumiy va farqli tomonlari, shartnoma tuzish tartibi va shartlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, zamonaviy xalqaro amaliyot va milliy qonunchilik tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: shartnoma huquqi, umumiy huquq, ingliz huquqi, manbaa, huquq, erkinlik tamoyili, aniqlik tamoyili
Bugungi kunda xalqaro savdo-sotiq munosabatlarining jadal rivojlanishi shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishning samarali mexanizmlarini talab etmoqda. Shartnoma tuzish, har qanday huquqiy tizimning muhim qismi bo‘lib, u taraflar o‘rtasidagi majburiyatlarni belgilaydi. Ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzish asoslari o‘rtasida qiyosiy huquqiy tahlil qilish, ikki tizimning o‘ziga xos xususiyatlarini va ularning amaliyotdagi qo‘llanilishini tushunishga yordam beradi.
Ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzishdagi tavofutlar bo‘yicha qiyoslab o‘rganadigan bo‘lsak, dastavval ikki huquq tizimida ham shartnoma tushunchasini o‘rni va uning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tishimiz zarur. Ingliz huquqida shartnoma bu ikki yoki undan ortiq shaxslar o‘rtasidagi kelishuv bo‘lib, qonun tomonidan majburiy kuchga ega deb tan olinadi. Professor P.S. Atiyahning ta'kidlashicha, shartnoma - bu taraflarning o‘zaro kelishilgan va huquqiy majburiyatlar yaratishga qaratilgan xohish-irodasining ifodasi sanaladi .
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga ko‘ra esa, shartnoma - ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi hisoblanadi . Professor H.R.Rahmonqulovning fikricha, “shartnoma - fuqarolik huquqiy munosabatlarning eng muhim institutlaridan biri bo‘lib, u orqali fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining manfaatlari muvozanati ta'minlanadi” .
Endi har ikki huquq tizimida shartnoma tuzish protseduralari bo‘yicha qiyosiy tahlil o‘tkazadigan bo‘lsak, odatda shartnomaning muhim elementlari taklif, muzokaralar, majburiyatlar, qonuniylik va shu kabi bir qancha muhim jihatlari bo'lsa, ingliz huquqida shartnoma tuzish uchun dastavval bir tomon ikkinchi tomonga taklif yuborish bilan boshlanadi hamda ikki tomon o‘rtasida shartlar ishlab chiqiladi. Taraflar o‘rtasida o‘zaro kelishuv bo‘lganligi esa taraflarning mazkur shartnomani tuzilishiga roziligini bildiradi. Shartnomaning eng muhim jihatlaridan biri taraflar o‘z majburiyatlarini aniq belgilashlari kerak bo‘ladi .
O‘zbekiston qonunchiligida esa shartnoma tuzish jarayoni ham ingliz huquqida shartnoma tuzish protsedurasi bilan deyarli bir xil. Bu jihatdan har ikki huquq tizimi bir biriga o‘xshash hisoblanadi. Lekin, bir-biridan farq qiladigan jihatlari ham bor. Bularni birma-bir ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ingliz huquqida taklif va qabul jarayoni ancha erkin. Taklif qilingan shartlar ustida muzokaralar olib borilishi mumkin. O‘zbekiston qonunchiligida esa, taklif va qabul jarayoni aniq belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Bu, shartnoma tuzish jarayonini yanada rasmiylashtiradi.
Ingliz huquqida o‘zaro kelishuv, taraflarning niyatlarini ifodalovchi muhim element hisoblanadi. O‘zbekiston qonunchiligida esa, o‘zaro kelishuv aniq va tushunarli bo‘lishi zarur. Bu, shartnoma shartlarining aniq belgilanishini ta'minlaydi.
Ingliz huquqida shartnoma shartlari taraflar o‘rtasida erkin belgilanishi mumkin. O‘zbekiston qonunchiligida esa, shartnoma shartlari aniq va tushunarli bo‘lishi kerak, bu esa taraflarning huquq va majburiyatlarini yanada aniq belgilaydi.
Ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzish asoslari quyidagi jihatlar bo‘yicha umumiy va farqli tomonlarga ega:
Jihat Ingliz huquqi O‘zbekiston qonunchiligi
Asosiy prinsiplar Kelishuv, muomalaga layoqat, qonuniylik, majburiy bajarish Muomalaga layoqat, erkinlik, o‘zaro kelishuv, qonuniylik, majburiy bajarish
Shartnoma shakli Yozma shakl talab qilinmaydi, ammo ba'zi hollarda shart Odatda yozma, ba'zi hollarda notarial tasdiq shart
Shartnomani o‘zgartirish Taraflarning o‘zaro kelishuviga asosan Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda
Shartnomani bekor qilish Taraflarning kelishuvi yoki sud qarori asosida Fuqarolik kodeksida belgilangan asoslarga ko‘ra
Demak, Ingliz huquqi va O‘zbekiston huquqida shartnoma tuzishning asosiy farq bu ingliz huquqida taraflar erkinligi tamoyili bo‘lsa, O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma shartlarini aniqligi bilan ajralib turadi. Buni amaliy misollar bilan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ingliz huquqida agar bir kompaniya o‘z xizmatlarini taklif etsa, boshqa kompaniya bu taklifni qabul qilishi yoki o‘z shartlarini taklif qilishi mumkin. Taklif va qabul jarayoni o‘zgartirilishi, yangi shartlar qo‘shilishi mumkin. Misol uchun A kompaniyasi B kompaniyasiga 10.000 dollar evaziga xizmat ko‘rsatish taklifini yuborsa-yu B kompaniyasi taklifni qabul qilish orqali narxni 9,500 dollarga tushirishni taklif qilishi mumkin. A kompaniyasi yangi narxni qabul qilsa ikki taraf o‘rtasida shartnoma imzolanadi.
O‘zbekiston qonunchiligida esa taklif va qabul jarayoni aniq belgilangan. Taklif qilingan shartlar ustida o‘zgartirishlar kiritish qiyin bo‘lib, taklif qabul qilinganidan keyin, ikki taraf o‘rtasida kelishuv bo‘lishi zarur. Bu holatni yuqoridagi misol orqali ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, A kompaniyasi B kompaniyasiga 10.000 dollar evaziga xizmat ko‘rsatish taklifini yuborgandan keyin B kompaniyasi taklifni qabul qilsagina shartnoma imzolanadi. Agar B kompaniyasi shartlarni o‘zgartirmoqchi bo‘lsa B kompaniyasi yangi taklif kiritishi kerak va A kompaniyasi uni qabul qilishi zarur. Ya'ni bu holatda yangidan oferta yuborilishi kerak.
Ingliz huquqida o‘zaro kelishuv taraflarning niyatlarini ifodalovchi muhim element hisoblanadi. Taraflar o‘rtasida noaniqliklar bo‘lishi mumkin, lekin ularni hal qilish uchun ko‘proq erkinlik mavjud. Bunga misol qilib keltiradigan bo‘lsak, A va B kompaniyalari o‘zaro kelishuvda biror bir xizmat ko‘rsatish muddatini aniqlashda kelishmovchilikka duch kelgan taqdirda taraflar muzokaralar olib borishi va o‘zaro kelishuvga erishishi mumkin. O‘zbekiston huquq tizimida esa bu holatda A kompaniyasi B kompaniyasiga xizmat ko‘rsatish muddatini 3 oy deb belgilaydi, lekin B kompaniyasi bu shartni tushunmaydi. Bu holda, shartnoma yaroqsiz bo‘lishi mumkin.
Ingliz huquqida shartnoma shartlari taraflar o‘rtasida erkin belgilanishi mumkin. Bu, taraflarga ko‘proq moslashuvchanlik beradi. Misol uchun A kompaniyasi B kompaniyasiga mahsulot yetkazib berish shartlarini belgilaydi. B kompaniyasi o‘z talablariga muvofiq shartlarni o‘zgartirish imkoniyatiga ega. O‘zbekiston qonunchiligida esa shartnoma shartlari aniq va tushunarli bo‘lishi kerak, bu esa taraflarning huquq va majburiyatlarini yanada aniq belgilaydi. Misol uchun A kompaniyasi B kompaniyasiga mahsulot yetkazib berish shartlarini belgilaydi, lekin shartlar aniq bo‘lmasa, B kompaniyasi majburiyatlarini bajara olmaydi va bu qonuniy muammolarga olib kelishi mumkin.
Yuqoridagi holatlarni o‘rganib chiqqan holda xulosa qiladigan bo‘lsak, Ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzish asoslari o‘rtasidagi qiyosiy huquqiy tahlil, ikki tizimning o‘ziga xos xususiyatlarini va muhim farqlarini ko‘rsatdi. Ingliz huquqida shartnoma tuzish jarayoni ko‘proq erkinlik va moslashuvchanlikka ega bo‘lib, taklif va qabul jarayonida taraflar o‘rtasidagi muzokaralarga keng imkoniyatlar beradi. O‘zbekiston qonunchiligida esa, shartnoma tuzish jarayoni rasmiylashtirilgan va aniq belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ingliz huquqida shartnoma tuzish taraflar uchun ancha qulay bo‘lganligi bosi yildan yilga oshib bormoqda.
Shartnoma tuzishda taklif va qabul, o‘zaro kelishuv, majburiyatlar va qonuniylik kabi asosiy elementlar, har ikki tizimda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, O‘zbekiston qonunchiligida aniq va tushunarli shartlar belgilanishi shart bo‘lib, bu taraflar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni yanada barqarorlashtiradi.
Ushbu tahlil, shartnoma tuzish jarayonidagi farqlarni aniqlash va har ikki huquqiy tizimda amaliyotda ko‘riladigan muammolarni tushunishga yordam beradi. Kelajakda shartnoma tuzish jarayonini yanada takomillashtirish uchun, har ikki tizimdan eng yaxshi tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish zarur. Bu esa, tijorat va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
REFERENCE:
1. Andrews, Neil. (2006). Atiyah's Introduction to the Law of Contract. Sixth edition. By Stephen A. Smith. [Oxford: Clarendon Law Series. 2006. XXXVIII, 423 and (Index) 17 pp. Paperback £28.99. ISBN 0–19–924941–5.] -. The Cambridge Law Journal. 65. 727 - 728. 10.1017/S0008197306237280.
2. O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi 1-qism // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 03/24/931/0402-son
3. Rahmonqulov H.R. "Shartnoma huquqi", Toshkent, TDYI, 2019
4. Axtamova, Yulduz Axtamovna Ingliz shartnoma huquqida shartnoma tuzishning asosiy elementlari // ORIENSS. 2024. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ingliz-shartnoma... (дата обращения: 29.10.2024).
5. Ilg‘orjon, Q. (2022). Ingliz shartnoma huquqi tushunchsi, elementlari hamda O‘zbekiston respublikasi va ingliz huquqida shartnomalarning qiyosiy tahlili. Ijtimoiy fanlarda innovatsiya onlayn ilmiy jurnali, 265–269.

Last modified: 2024-11-06 02:19:46

Volumes

  • No Archives