ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Qo‘qon universiteti xabarnomasi (ISSN: 2181-1695)

PublisherQo‘qon universiteti

ISSN-L2181-1695

ISSN2181-1695

IF(Impact Factor)8.478 / 2023

Website

Description

Qo‘qon universiteti xabarnomasi (“Вестник Кокандского университета – Kokand University Herald”) ilmiy-elektron jurnali Qo‘qon universiteti Kengashining qaroriga asosan tashkil etilib, 2020-yil 10-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan №1138 raqami bilan ro‘yxatidan o‘tkazilgan, shuningdek davlatlararo standartlar talabi asosida O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan jurnal uchun 2181-1695 ISSN-raqami olingan. Jurnal O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosatining 2022 yil 12 avgustdagi 321/4-son qaroriga muvofiq “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga Milliy nashr sifatida kiritilgan.
Jurnal faoliyatining asosiy maqsadi: Qo‘qon universiteti o‘qituvchilari va talabalarini zamonaviy ilg‘or qarashlar bilan tanishtirish, ilmiy faoliyatlarini jonlantirish, universitet ilmiy nufuzi va salohiyatini o‘stirish, turli innovatsion tadqiqotlarda ishtirok etishini kuchaytirish, tadqiqotlarning ilmiy-amaliy ahamiyatini yanada oshirish va ularni keng ommaga yetkazish.
Yo‘nalishlar:
- Tashqi savdo va investitsiya;
- Bank ishi;
- Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti;
- Raqamli iqtisodiyot;
- Turizm;
- Ekologiya va oziq-ovqat xavfsizligi;
- Mehnat iqtisodiyoti;
- Pedagogika;
- Filologiya.

Last modified: 2023-11-20 20:38:35

Volumes

  • No Archives